Kuni kecha tuman hokimligida Yoshlar va voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarlik hamda jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda Yangihayot tuman IIO FMB Yoshlar va voyaga yetmaganlar inspektorlari tomonidan jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti tinglandi.
Shuningdek, tumanda joylashgan ta’lim muassasalari tomonidan o‘quvchilar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha ishlarni yanada jadallashtirish, ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlar o‘rtasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmalaridagi ishlarning holatini o‘rganish masalalari ham muhokama etildi.