Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning boʼsh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida 4-sektor yoshlar yetakchilari tashabbusi bilan tuman yoshlari uchun Аxborot kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutiga sayohat tashkil qilindi.
Sayohat davomida yoshlar IT, kiberxavfsizlik, dasturlash oʼquv xonalari va kursantlar yashash tarzi, ularga yaratilgan shart-sharoitlar, mashgʼulot maydonlari bilan yaqindan tanishdilar.
Yoshlar oʼzini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar va kursantlar tomonidan javob oldilar.
Quvonarlisi, sayohatda qatnashgan 46 nafar yoshdan 12 nafari shu muassasada oʼqiyotgan kursantlar bilan ustoz-shogird asosida aloqa oʼrnatishdi.