info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

"Yoshlar oyligi": ular doim e’tibor markazida

timeicon 27-06-2024

"Yoshlar oyligi": ular doim e’tibor markazida

Yoshlarning g‘oya va tashabbuslarini yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida, joylarda "Rahbar va yoshlar" uchrashuvlari o‘tkazilmoqda.

Xususan, bunday uchrashuvlardan biri tumanimizning "Marhamat" mahallasi hududidagi 331-umumta’lim maktabida oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i tomonidan tashkil etildi.

Tadbir ochiq muloqot shaklida bo‘lib o‘tdi. Bu esa uchrashuvda qatnashgan xotin-qizlar uchun savollarga bevosita mas’ul rahbarning o‘zidan javob olishga imkon yaratdi. Shuningdek, faol ishtirok etgan yoshlarga kitoblar sovg‘a qilindi.

Ma’lumot o‘rnida bu kabi tadbirlarni o‘tkazish ortidan yaqinlashib kelayotgan yoshlar kunini keng nishonlash hamda rahbarlar faoliyati natijadorligini oshirish ko‘zda tutilgan.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech