Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Yangihayot tuman mahalliy Kengashi hamda tuman Maʼnaviyat boʻlinmasi hamkorligida 329-umumtaʼlim maktabida yuqori sinf oʻquvchilari uchun “Odam savdosiga qarshi kurashish”, “Giyohvandlik va uning zararli oqibatlari” hamda “OITS asr vabosi” mavzularida davra suhbat tashkil qilindi.
Davra suhbatida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi, Jinoyat qidiruv boʻlimi boshligʻi, Jinoyat qidiruv boʻlimi tezkor guruh vakillari, OITSga qarshi kurashish markazi shifokori oʻz taqdimotlari bilan ishtirok etishdi. Yoshlar mavzular yuzasidan oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.