Kuni kecha tuman prokurori, mas’ul rahbarlar, huquq-tartibot xodimlari hamda mahallalarda faoliyat yuritayotgan yoshlar yetakchilari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish kun tartibida "Besh tashabbus olimpiadasi"ning joriy yilgi mavsumiga yoshlarni keng jalb qilish, ishsiz yoshlarning bandligini ta’minlash va kasb-hunarga o‘qitish hamda voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish olish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi.
Shuningdek, tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 1-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida yoshlar yetakchilari tomonidan mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi baholandi.