Tumanimizda yoshlar bilan ishlash, ularning boʼsh vaqtini mazmunli tashkil etish boʼyicha tadbirlar davom etmoqda. Bugungi manzil Chirchiq poligoniga boʼldi. Ha, aynan shunday.
Mahalla yoshlar yetakchilari bir jamoa boʼlib, oʼz mahallalaridagi uyushmagan yoshlarni harbiy poligonga olib borishdi. Qiziqarli voqealarga boy sayohat davomida 150 nafar yoshlar harbiy texnikalar bilan tashishidi va tanishibgina qolmay, ularni sinab koʼrib, oʼz bilimlarini oshirishga muvaffaq boʼlishdi.
Eng muhimi, yoshlarning mana shunday sayohatlarga boʼlgan qiziqishlari katta ekanligini inobatga olib, bunday tadbirlar tez-tez oʼtkazib turilishiga kelishib olindi.