Yoshlar bilan uchrashuvlar yakuniga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi
Xabaringiz bor, tuman prokurori hamda sektor rahbarlari o‘zlariga biriktirilgan yoshlar bilan uchrashib, ularning mavjud muammolarni o‘rganib chiqqandi.
Tuman hokimligi majlislar zalida aniqlangan muammolarni bartaraf etish masalasi muhokama qilindi.
Uchrashuv davomida mahalladagi yoshlar yetakchilariga hududda istiqomat qiluvchi yoshlar muammolarini bevosita mahallalarda hal etish, huquqbuzarlik sodir etishga moyilligi bo‘lgan yoshlar bilan tizimli ishlash, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan, ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalaridan qaytib kelgan yoshlarning ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya qilinishi bo‘yicha ishlarni samarali tashkil etish kerakligi alohida ta’kidlandi.
Bundan tashqari, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi va sportni ommalashtirish, ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy hamda tarbiyaviy ishlarning samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.