Yoshlar bilan navbatdagi uchrashuv
Bugun tumanimizning 3-sonli umumtaʻlim maktabida “Vatanning sodiq yoshlari” shiori ostida oʻquv seminar bo'lib o'tdi.
Unda huquqni muhofaza qilish akademiyasi xodimlari hamda maktablarda tahsil olayotgan bir guruh yoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi.
Tadbir davomida muntazam va sababsiz dars qoldirish holatlari tanqid qilinib, mas'ullar tomonidan uning salbiy oqibatlari xususida tushuntirish ishlari olib borildi.