Yoshlar bandligi masalasida "Uychi tajribasi"dan foydalanilmoqda
Xabaringiz bor, Yangihayot tumanida "Uychi tajribasi" asosida shtab faoliyati tashkil etilgan bo‘lib, ushbu shtab a’zolariga yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha qator vazifalar yuklatilgan.
Kuni kecha shtab mas’ullari tomonidan 100 nafar ishsiz yoshlar tumandagi bir nechta zavod va korxonalardagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari va ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishtirildi.
Uchrashuv davomida korxona rahbarlari xodimlar uchun yaratilgan sharoit hamda imkoniyatlar haqida ma’lumot berdi
Quvonarlisi, tadbir davomida 10 nafar ishsiz yosh "Artikul Aziya Kabel" kompaniyasida, 3 nafari "Uzpolitex Holding" korxonasida ,shuningdek, 10 nafar fuqaro "Akfa Assembly" MCHJda ishlash istagini bildirdi.