info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

“Yoshlar balansi”ni shakllantirish jarayonlariga jiddiy e’tibor qaratilmoqda

“Yoshlar balansi”ni shakllantirish jarayonlariga jiddiy e’tibor qaratilmoqda
timeicon 03-02-2025

“Yoshlar balansi”ni shakllantirish jarayonlariga jiddiy e’tibor qaratilmoqda

Xabaringiz bor, shu kunlarda tumanimiz bo‘ylab yoshlarning xohish-istaklarini o‘rganish va ular haqidagi aniq ma’lumotlarni to‘plash maqsadida “Yoshlar balansi”ni shakllantirish ishlari qizg‘in davom etmoqda.

Bugun tuman hokimligida o‘tkazilgan yig‘ilishda yoshlar yetakchilari tomonidan olib borilayotgan mazkur xatlov jarayonlarining samaradorligi masalasi muhokama qilindi. Unda tuman hokimi o‘rinbosari, tuman prokurori o‘rinbosari, mas’ullar hamda mahallalarda faoliyat olib borayotgan yoshlar yetakchilari ishtirok etdi.

Tadbir davomida mas’ullar xatlov jarayonlari mahallalardagi ishsiz yoshlarni aniqlash, ularning bandligini ta’minlash, og‘ir sharoitda yashayotgan yoshlarga yordam ko‘rsatish va iqtidorlarni qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyatga ega ekanligini va bunda har bir yoshlar yetakchisidan alohida mas’uliyat talab etilishini ta’kidlab o‘tdi.

Yig‘ilish yakunida ishtirokchilarga berilgan topshiriqlar ijrosining samaradorligini oshirish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech