Yangihayot tumani Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazida 5-8 iyulь kunlari oʼqituvchilar tomonidan oila qurish ostonasida turgan juftliklarga oʼquv seminari tashkil etildi.
Unda milliy qadriyatlarimiz, oila muqaddas dargoh ekanligi va shu kabi bir qancha mavzular toʼgʼrisida tushuncha berildi va yoshlarning bu boradagi fikrlari tinglandi.
Yosh nikohlanuvchi juftliklarga sertifikat va “Mustahkam oilaga yoʼllanma” yoʼriqnomasi topshirildi.