Tumanimizdagi 285-umumtaʼlim maktabida "Yosh kitobxon" respublika tanlovining tuman bosqichi boʼlib oʼtdi.
Unda har bir sektordan gʼoliblikni qoʼlga kiritgan jami 24 nafar kitobxonlar ishtirok etib, 2 ta shart boʼyicha uch xil yosh toifasida oʼz bilimlarini sinovdan oʼtkazishdi.
Tanlov yakuniga koʼra, 10-14 yoshlilar orasida "Binokor" MFY, 15-19 yoshlilar toifasida "Yorqin hayot" MFY va 20-30 yoshlilar oʼrtasida "Xoʼja Uchqun" MFY ishtirokchilari gʼoliblikni qoʼlga kiritishdi.
Tanlovning shahar bosqichiga yoʼllanma olgan gʼoliblarni tabriklaymiz va keyingi bosqichlardagi ishtirokida omad tilaymiz!