Kuni kecha 2-umumta'lim maktabida Yoshlar ishlari agentligi tuman bo'limi va Yangihayot tumani sportni rivojlantirish bo'limi boshchiligida futbolning sektor bosqichi bo'lib o'tdi.
Unda "Do'stlik" va "Viqor" mahallalarining 18-30 yosh oralig'idagi uyushmagan yoshlari yashil maydonda to'p surdilar. Qizg'in o'tgan o'yinda, 10:4 hisob bilan "Do'stlik" mahallasining yoshlari g'olib bo'lib, tuman bosqichiga yo'llanma oldilar.
Yosh futbolchilarimizga keyingi bosqichda ham g'oliblikni qo'lga kiritishini tilaymiz!