Tumanimizdagi 285-umumta'lim maktabida fertil yoshdagi o'quvchi qizlar bilan "Erta tug'ruq, erta nikoh, xotin-qizlar o'rtasida tibbiy madaniyatni oshirish" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Unda tuman oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig'i, bolalar ginekologi ishtirok etdi. Tadbirda qizlarning tibbiy madaniyatini oshirish va gigiyena qoidalariga rioya qilishlariga doir hamda erta nikoh, erta tug'ruqning salbiy oqibatlari borasida batafsil tushuncha berildi.
Tadbirda 100 nafardan ortiq voyaga yetmagan qizlar qamrab olindi.