Tumanimizdagi 3-umumta'lim maktabida yuqori sinf o'quvchilari bilan "Erta tug'ruq, erta nikoh, xotin-qizlar o'rtasida tibbiy madaniyatni oshirish" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Unda tuman oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig'i, psixolog hamda tibbiyot xodimlari ishtirok etdilar. Tadbirda spikerlar qizlarning tibbiy madaniyatini oshirish va gigiyena qoidalariga rioya qilishlariga doir tushunchalar berib, erta nikohning salbiy oqibatlari haqida batafsil to'xtaldilar.
Tadbirga 150 nafardan ortiq voyaga yetmagan qizlar qamrab olindi.