Yomg'irdan so'ng, tuni bilan yog'gan qor ko'chalar, piyodalar yo'laklarining yaxmalakka aylanishiga sabab bo'ldi.
Bu holat avtomobillar va piyodalar harakatlanishi uchun qiyinchilik tug'dirishi, shubhasiz. Shu bois, obodonlashtirish xodimlari avtomobillar va piyodalar yo'llariga qum-tuz aralashmasidan sepib, yo'llarni qor va muzdan tozalamoqda.
Anomal sovuq bo'lishiga qaramasdan, o'z vazifasini sidqidildan amalga oshirayotgan barcha xodimlarga minnatdorchilik bildiramiz.