Elektr energiyasi iqtisodiga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda
Kuni kecha tuman hokimi hamda shahar prokurori oʻrinbosari boshchiligida energiya resurslarini iqtisod qilish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish boʻyicha navbatdagi yig‘ilish o’tkazildi.
Yigʻilishda kommunal soha vakillari hamda prokuratura xodimlari hamkorligida noqonuniy elektr energiyasidan foydalanish holatlarini aniqlash, ta’mirlash ishlarini olib borish, targ‘ibot va tashkiliy tadbirlarni o‘tkazish hamda boshqa tegishli chora-tadbirlarni ko‘rish masalalari koʼrib chiqildi.
Shuningdek, yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uylar, ehtiyojmand oila xonadonlari, tadbirkorlik subyektlari hamda ijtimoiy soha obyektlarida quyosh panellari va geokollektorlar o‘rnatish, ko‘cha yoritish chiroqlarini akkumulyatorli quyosh panellar bilan jihozlash kabi rejadagi ishlar muhokama qilindi.