Kuni kecha tuman hokimi “Do’stlik”, Xushnud, “Yangi umid”, “Yangi Choshtepa” mahallalarida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Xususan, “Do’stlik” mahallasida otaxonlar bilan suxbatlashib, ularning murojaatlari va takliflarini tingladi. Xushnud va “Yangi umid” mahallalarida qurilayotgan sayilgoh ishlarini ko’zdan kechirdi. Ishlarni jadallashtirish va kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha topshiriq berdi.
Shuningdek, “Yangi Choshtepa” mahallasida qurilayotgan ko’p qavatli uylar bo’yicha ishlar va yo’l loyihasi bilan tanishdi.