Unda Yangihayot tumani prokurori, tuman hokimi o‘rinbosari va Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi vakillari ishtirok etib, ushbu muassasada “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida bog‘cha tarbiyalanuvchilarining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, yaratilgan shart-sharoitlar, to‘garaklar faoliyati ,xususan, bolajonlarning kulolchilik to‘garagida yaratgan ijod namunalari bilan tanishdi.
Shuningdek, tadbir doirasida qator davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining direktorlari uchun “Sehrgar kulol ustaxonasi” mavzusida seminar-trening ham tashkil etildi.