info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

#Dolzarb_90_kun

timeicon 16-07-2025

Yozgi oromgohlar faoliyati davom etmoqda

 Yangihayot tumanida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida yoshlar va o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

 Xususan, 303-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan “Qaldirg‘och” nomli yozgi oromgohi o‘z faoliyatini davom ettirmoqda. Hozirgi kunda ushbu oromgohga 70 nafarga yaqin yoshlar jalb etilgan bo‘lib, ular sport mashg‘ulotlari, “Zakovat” intellektual o‘yinlari hamda turli ilm-fan va kasb-hunar to‘garaklarida faol ishtirok etishmoqda.

 Shuningdek, mazkur chora-tadbirlarning samaradorligi esa tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan doimiy nazorat qilib borilmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech