"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi va Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limlari hamda mahalla faollari hamkorligida muhim tashabbuslarga qo‘l urilmoqda.
Xususan, kuni kecha yoshlar va aholining bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida “Toshkent” mahalla fuqarolari yig‘inida shoira Zulfiya Mo‘minova bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi.
Ushbu adabiy kecha davomida kitob mutolaasini sevuvchi yoshlar va nuroniylar shoira ijodining eng sara she’rlaridan bahramand bo‘ldi. Shuningdek, Zulfiya Mo‘minova inson kamoloti uchun kitob o‘qishning ahamiyati, yurtimizda kitobxonlar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida ham so‘z yuritdi.