Yangihayot tumanida "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida yozgi ta’til davrida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish hamda kasbga yo‘naltirish maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, bugun 329-sonli umumta’lim maktabida Savdo-sanoat palatasining Yangihayot tumani bo‘limi hamda "Artikul Aziya Kabel" MCHJ hamkorligida yuqori sinf o‘quvchilari hamda jamoatchilik faollari ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.
Tadbir davomida o‘quvchilarga mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish, yoshlarning biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash yo‘lida yaratilayotgan imkoniyatlar va kasb tanlashda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, uchrashuv interaktiv ruhda o‘tdi. Unda o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.