info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasidagi ishlar samaradorligi yanada oshirilmoqda

timeicon 10-06-2025

Kuni kecha 329-sonli umumta’lim maktabida tuman hokimi o‘rinbosari, maktab direktorlari va mas’ul tashkilotlar rahbarlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida yozgi ta’til vaqtida umumta’lim maktablari o‘quvchilari, talabalar hamda mahallalar yoshlarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, yig‘ilish davomida mas’ullarga yozgi mavsumiy oromgohlar va kunduzgi sog‘lomlashtirish oromgohlarini yuqori darajada tashkil etish hamda joylarda tashkil etilgan kitobxonlik, madaniyat, san’at, sport va boshqa yo‘nalishlardagi madaniy dasturlar va to‘garaklarga yoshlarni keng jalb qilish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech