info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

“Dolzarb 90 kun” loyihasi davom etmoqda

timeicon 22-07-2025

Yangihayot tumanida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va ularni kitobxonlikka keng jalb qilish maqsadida joylarda targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.

 Xususan, bugun “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida tumanimizning 330-sonli umumta’lim maktabida tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘limi rahbari, pedagoglar, ota-onalar va o‘quvchilar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

 Uchrashuv davomida xotin-qizlarning ma’naviyatini yuksaltirish va ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri foydalanish haqida haqida tushunchalar berilib, ishtirokchilarga “Ijtimoiy tarmoqlar ta’siri” nomli metodik qo‘llanmalar topshirildi.

 Shuningdek, mas’ullar tomonidan ushbu ta’lim muassasasida yaratilgan shart-sharoitlar hamda qulayliklar ko‘zdan kechirildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech