Korxona va tashkilotlarda "Dolzarb 30 kun" tadbirlari o‘tkazilmoqda
Avvalroq, Respublikamiz hududida 1-iyul kunidan 1-avgust kuniga qadar "Yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha "Dolzarb 30 kun" tadbirlari bo'lib o'tishi haqida ma'lum qilgandik.
Xususan, Yangihayot tumani FVB xodimlari tomonidan tumandagi korxona va tashkilotlarda yong‘in xavfsizligini ta’minlash va favqulodda vaziyatlarni oldini olish maqsadida profilaktik uchrashuvlar tashkil etilmoqda.
Joylarda o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi:
yong‘in va favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda to‘g‘ri xatti-harakatlarni amalga oshirish;
birlamchi yong‘in o‘chirish vositalaridan to‘g‘ri foydalanish;
saqlash qoidalariga rioya etilmagan hamda qo‘lbola konserva mahsulotlarini iste’mol qilmaslik.
Tadbirlar davom etmoqda.