Kuni kecha 2-sektorda joylashgan mahalla fuqarolari ishtirokida tumanimizdagi 2-, 3-, 304-maktablar, Politexnika texnikumi va Toshkent turizm va biznes kollejida diniy-maʼrifiy seminarlar tashkil etildi.
Seminar «Oilaviy munosabatlarni mustahkamlashda diniy qadriyatlarning oʼrni» hamda «Shukronalik va tinchlik – oliy neʼmat» mavzularini qamrab olib, unda jami 379 nafar fuqarolar ishtirok etdi.
Seminar davomida islomda oilaviy munosabatlarni tartibga solish, oilaning huquqiy, maʼrifiy-tashkiliy oʼziga xosligi islomning asosiy manbalari ekanligi borasida soʼz yuritilib, tinchlik oliy neʼmat ekanligi, mustaqilligimizni asrash haqida fikrlar bildirildi.