info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

Deputatlar o‘rganish ishlari olib bordi

Deputatlar o‘rganish ishlari olib bordi
timeicon 04-06-2025

Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputatlari tumanimiz hududidagi ijtimoiy obyektlarga olib borilayotgan qurilish va ta’mirlash ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Dastlab, deputatlar "Yangi Gulzor" mahallasida bo‘lib, u yerda 335-sonli umumta’lim maktabi uchun qo‘shimcha o‘quv binosini qurilish va eski binoda amalga oshirilayotgan rekonstruksiya ishlarining bugungi kundagi holatini o‘rgandi. Shundan so‘ng, mas’ullar "Chortoq" mahallasidagi qurilishi yakunlangan 333-sonli umumta’lim maktabining yangi binosi va muassasaga olib kelingan o‘quv jihozlarini ko‘zdan kechirdi.

Shuningdek, deputatlar joylardagi o‘rganishlari davomida mutasaddilar hamda quruvchilar bilan suhbatlashib, obyektlarni belgilangan muddatda foydalanishga topshirish, hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha tavsiyalar berdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech