info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

Deputatlar korxonalarda o‘rganish olib bordi

timeicon 13-06-2025

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Oliy Majlis palatalari va Hukumat qarorlari, Oliy darajadagi tashriflar davomida erishilgan kelishuvlar yuzasidan ishlab chiqilgan “yo‘l xaritalari”da Yangihayot tumani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlarni manzilli o‘rganish hamda samarali nazoratni amalga oshirish rejasiga muvofiq xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputatlari tomonidan o‘rganishlar o‘tkazilib kelinmoqda.

Xususan, kuni kecha ishchi guruh a’zolari "Yangihayot industrial texnopark"ida bo‘lib, u yerdagi qator korxonalar faoliyati bilan tanishdi.

O‘rganishlar davomida texnopark hududidagi loyihalar, ishlab chiqarish jarayonlari, xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar, korxonalarning eksport salohiyati, obyektlarning to‘liq kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlanganligi ,shuningdek, hududda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari ko‘zdan kechirildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech