info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

Deputatlar fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazdi

timeicon 22-04-2025

Toshkent iqtisodiyot va sanoat texnikumida Xalq deputatlari Toshkent shahar va Yangihayot tuman Kengashi deputatlari hamda mahalla fuqarolari ishtirokida "Asosiy vazifamiz – xalq manfaati va aholi muammolarini hal etish tizimining samaradorligini oshirish" mavzusida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida mahalliy kengash deputatlari o‘z vakillik hududlarida joriy yilning 1-choragi davomida hal etilgan muammolar hamda murojaatlar asosida bajarilgan ishlar haqida saylovchilarga axborot berdi. Bundan tashqari, tadbirda aholining turmush darajasi va farovonligini oshirishga qaratilgan islohotlarning mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Tadbir yakunida fuqarolar tomonidan berilgan savollarga javob berildi. Shuningdek, bunday uchrashuvlarni har bir mahallada, har chorak yakunida muntazam o‘tkazib borish masalasi ham kelishib olindi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech