Bugun tuman hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi ishchi guruhi, Toshkent shahar prokuraturasi vakillari, tuman prokurori, tuman hokimi o‘rinbosari hamda mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda tumanda energiya balansini ishlab chiqish, energiyani tejash dasturlari ijrosini ta’minlash, energiya samaradorligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, tuman hokimi o‘rinbosari va boshqa mas’ullar bugungi kunga qadar ushbu yo‘nalishda bajarilgan ishlar va kelgusi rejalar haqida ma’lumot berdi.
Yig‘ilish yakunida ishchi guruh a’zolari tomonidan mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlarining oldini olish hamda energiya resurslarini iste’mol qilish madaniyatini oshirish zarurligi ta’kidlandi.