Kuni kecha "Choshtepa" MFYda xotin-qizlar bandligini taʼminlash boʼyicha sayyor qabul boʼlib oʼtdi.
Qabul tuman Oila va xotin-qizlar boʼlimi tashabbusi bilan aholi bandligiga koʼmaklashish markazi hamkorligida tashkil etildi. Unda 1-sektorga tegishli mahallalarda yashovchi, ishlash istagida boʼlgan 20 nafardan ortiq xotin-qizlar ishtirok etdilar.
"Mehnatdan kelsa boylik, turmush boʼlar chiroylik" shiori ostida oʼtkazilgan qabul davomida 10 nafardan ortiq ayollar oʼz mutaxassisliklari va qiziqishlari boʼyicha ishga qabul qilindi.