info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

«Choshtepa» mahallasida oqava suv tarmogʼini qurish ishlari olib borilmoqda

timeicon 16-02-2022

Tumanimiz aholisining munosib turmush sharoitlarida yashashi uchun mahallalar boʼylab turli yoʼnalishlarda qurilish, taʼmirlash ishlari davom etmoqda.

Xususan, «Choshtepa» mahallasida oqava suv tarmogʼini qurish ishlari olib borilmoqda. Hozirda qurilish ishlarining birinchi bosqichi tugab ikkinchi bosqichga yetib kelgan.

Birinchi bosqichda mahalladagi 1350 metr hududga oqava suv tarmogʼi yetib borgan boʼlsa, ikkinchi bosqichda tarmoq 1100 metrga uzaytirilmoqda. Qurilish ishlari yakunlangan mahallaning 5500 metr hududi oqava suv tarmogʼi bilan toʼliq taʼminlanadi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech