Kuni kecha tuman hokimi ishtirokida “Choshtepa” mahallasida yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda 7 nafar yosh ishtirok etib, turli masalalar bo’yicha murojaat qilishdi.
Jumladan, yoshlardan biri, Xolxo’jayeva Laziza to’lov-kontraktini to’lab berishda amaliy ko’mak so’rab murojaat qilgan edi. Qonun doirasida uning murojaati ijobiy yechim topdi.
Laziza singari boshqa yoshlarning murojaatlari ham hokim tomonidan joyida o’zining ijobiy yechimini topdi. Qabullar davom etadi.