Kuni kecha tuman hokimining "Choshtepa" mahalla fuqarolari uchun sayyor qabuli tashkil etildi. Qabulda 10 dan ortiq fuqarolar ishtirok etib, asosiy murojaatlar kommunal sohaga oid bo'ldi.
Jumladan, murojaatlar ichimlik suvi, elektr ta'minoti, kanalizatsiya masalalari yuzasidan bo'lib, tuman hokimi tomonidan har bir masala joyiga chiqib o'rganilishi ta'kidlandi.
Shuningdek, qabulda tibbiyot, uy-joy uchun subsidiya olish, ishga joylashish masalalari bo'yicha ham murojaatlar tinglandi. Har bir masalala yuzasidan mas'ullarga tegishli tartibda o'rganish topshirig'i berildi.