Tumanimizdagi Chortoq madaniyat saroyida yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik, huquqbuzarlik holatlarining oldini olishga qaratilgan tadbir tashkil etildi.
Unda tuman ichki ishlar, prokuratura, soliq bo’limlari mas’ullari va mutasaddi tashkilot vakillari ishtirok etdi. Tadbirda maktablarda yoshlarning ta’lim va tarbiyasiga jiddiy e’tibor qaratish, ular o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish va mahalla jamoatchiligining rolini oshirish bo‘yicha so‘z yuritildi.