info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

“Chortoq” mahalla yoshlariga futbol formalari sovg'a qilindi

“Chortoq” mahalla yoshlariga futbol formalari sovg'a qilindi
timeicon 08-05-2024

“Chortoq” mahalla yoshlariga futbol formalari sovg'a qilindi

4-sektor rahbari, tuman adliya bo‘limi mas'ullari hamda davlat xizmatlari markazi xodimlari yashil toifaga kiritilgan “Chortoq” mahallasida yoshlar bilan uchrashdi. Uchrashuvda "DXX kubogi" finalida ishtirok etuvchi mahallaning 16 nafar yoshlariga sportning futbol turi bilan shug‘ullanishlari uchun futbol formasi va futbol to'pi sovg‘a tariqasida berildi.

Shuningdek, sektor rahbari yoshlar bilan sportning qaysi turiga qiziqishlari yuzasidan o'zaro fikr almashib, mahalla jamoasiga kelgusi o'yinda ishonch bilan harakatlanishini va albatta g'alabani qo'lga kiritishi kerakligini ta'kidladi.

Eslatib o'tamiz, "DXX kubogi" mini futbol yoʻnalishining tuman bosqichi yarim finalida "Chortoq" MFY 3:0 hisobida "Choshtepa" MFY bilan o'yin o'tkazib, final bosqichiga yo'l olgandi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech