Xabaringiz bor, haftaning payshanba kuni huquqbuzarlikar profilaktikasi kuni. Shu munosabat bilan bugun tuman hokimi, sektor rahbarlari boshchiligida yig’ilish o’tkazildi.
Unda tuman ichki ishlar bo’limi xodimlari, mahalla raislari, kommunal soha, obodonlashtirish, boshqaruv servis kompaniyalarining rahbar va xodimlari ishtirok etishdi. Tuman hokimi barchaga mahallalar, ko’chalar, ko’p qavatli uylar atrofida obodonlashtirish ishlarini tashkil etish, bunda barchaning faolligini ta’minlash kerakligini ta’kidladi.
Shuningdek, yig’ilishda tumanda huquqbuzarliklarning oldini olish, aholi bilan yuzma-yuz suxbatlashib, ularning murojaatlarini tinglash muhimligi aytildi.