"Do'stlik" mahallasida Oila va xotin-qizlar qo'mitasi, Toshkent shahar prokuraturasi, tuman prokuraturasi va tuman IIB tomonidan ajrim yoqasidagi oilalarni yarashtirish maqsadida sayyor qabul tashkil etildi.
Qabulda yosh oilalar bilan muloqot jarayonida ular duch kelayotgan kelishmovchilik va tushunmovchiliklar o'rganildi va vaziyat muhokama qilindi. Shuningdek, tuman bosh imom xatibi, uning xotin-qizlar masalalari bo'yicha yordamchisi va tuman "Oqila ayollar" yetakchisi o'z maslahatlari va hayotiy tajribalari bilan o'rtoqlashdilar.
Natijada 2 ta oilaning ajrashish haqidagi qaroridan qaytarishga muvaffaq bo'lindi. Bu kabi qabullar kun davomida boshqa sektorlarda ham tashkil etildi.