Tuman hokimi boshchiligida mahallalarni obodonlashtirish masalalariga bag’ishlangan saf yig’ilishi o’tkazildi.
Unda tuman hokimi o‘rinbosalarlari, hokim yordamchilari, kommunal soha vakillari, mahalla raislari va boshqa mas’ul tashkilot xodimlari ishtirok etdi.
Saf yig’ilishida barcha mahallalarda hashar ishlarini olib borish, mahallaning barcha ichki ko’chalarida obodonlashtirish va tozalash ishlarini yuqori saviyada tashkil etish, bunda mahalla guzarlari, sayilgohlar, bolalar maydonchalarini ham tartibga keltirish bo’yicha topshiriq va ko’rsatmalar berildi.
Bu borada tumanimiz aholisidan ham faol bo’lishlarini va o’z hududlari obodligiga hissa qo’shishlarini so’rab qolamiz!