info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

Bo'lajak kelin-kuyovlar uchun o'quv-seminar tashkil etildi

Bo'lajak kelin-kuyovlar uchun o'quv-seminar tashkil etildi
timeicon 02-11-2024

Bo'lajak kelin-kuyovlar uchun o'quv-seminar tashkil etildi

 

Kuni kecha Yangihayot tumani "Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazi"da 10 nafar nikohlanuvchi juftliklar va yosh oilalar uchun navbatdagi o'quv mashg'ulotlari o'tkazildi.

 

Davra suhbati tarzida bo'lib o'tgan mazkur seminarda yoshlar o‘zlari uchun huquqiy bilim hamda hayotiy ko'nikmalarga ega bo‘lishdi. Sababi, markazning malakali o'qituvchilari oila mustahkamligi, farzandlar tarbiyasi, o‘zaro hurmat va mehr oqibat asosida baxtli turmush kechirish haqida zarur tavsiya va maslahatlar berishdi.

 

Tadbir so‘ngida oila qurish ostonasida turgan yosh juftliklarga sertifikat va o'quv qo'llanmalar topshirildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech