Bugun quyosh ham tumanimiz obodonlashtirish xodimlari kabi tabiatga mehr ulashdi. Ariq va zovurlarni tozalash, daraxtlarga shakl berish, koʻchalarni chiqindilardan xalos qilish tabiatga boʻlgan mehrning ayni namunasi emasmi?!
Bugungi obodonlashtirish ishlari tumanimizning Doʻstlik, Qoʻrgʻontepa, Sofdil, Qipchoq va boshqa koʻchalari boʻylab davom etmoqda.
Tumanimiz koʻchalaridagi tozalikni, yangi ekilgan gullarni koʻrib kayfiyatingiz koʻtarilsa, obodonlashtirish xodimlariga rahmat deb qoʻying!