Xabaringiz bor, davlatimiz rahbari 31 oktyabrь kuni energiya resurslaridan samarali foydalanish boʼyicha takliflar taqdimoti bilan tanishib, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik boʼyicha yigʼilishda bir qator koʼrsatmalar bergan edilar.
Shu bois energiyani tejash, ijtimoiy soha muassasalarida energiya samaradorligini oshirish, noqonuniy holatlarga nisbatan taʼsirchan choralar koʼrish boʼyicha ijobiy natijalarga erishish maqsadida tumanimizda ham ishchi guruh tuzildi.
Bugungi kunda 15 ga yaqin hodimlardan iborat ishchi guruh tomonidan oʼrganish ishlari olib borilmoqda.