Bugundan "G'alla-2023" yig'im-terimi boshlandi
Yangihayot tumani hokimi g'alla ekilgan hududga borib, u yerda fermerlar bilan g'alla yig'ib olish jarayonlari, kutilayotgan hosil haqida muloqot qildilar. Nuroniylar xirmonga baraka tilab, duo qilishdi.
Ma'lumot uchun, tumanimizning qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan 420 ga yer maydoniga 11 ta fermer xo'jaliklari tomonidan g'alla ekilgan. 1 ga yerdan o'rtacha 3,4 tonnadan g'alla yig'ish ko'zda tutilgan.
Rejaga ko'ra, 25-iyunga qadar 1 428 tonna g'alla yig'ib olinadi.