info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi ishchi guruhi Yangihayot tumanida...

timeicon 26-05-2025

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi ishchi guruhi Yangihayot tumanida Davlat rahbarining PQ-133-son qarori ijrosini ta’minlash va energiya samaradorligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Xususan, ishchi guruh vakillari tuman prokurori hamda tuman hokimi o‘rinbosari hamrohligida Xushnud mahallasi hududida energiya resurslarini iqtisod qilish bo‘yicha kommunal sohada olib borilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirishdi.

Shuningdek, o‘rganishlar davomida tegishli tashkilot rahbariga elektr va tabiiy gazni iqtisod qilish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini o‘rnatish, iqtisod qilishning tashkiliy-texnik chora-tadbirlarini belgilangan muddatlarda bajarish, energiya resurslari bilan bog‘liq huquqbuzarliklarning oldini olish, ishlarini mahallabay tashkil etish haqida ko‘rsatmalar berildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech