Bugun tumanimizga Favqulodda vaziyatlar vaziri, general-mayor A.X.Qo‘ldoshev tashrif buyurdi.
Tashrif davomida "Yorqin hayot" mahallasida joylashgan ijtimoiy soha obyektlari, ko’p qavatli uylar va ularning yerto'lalari o'rganilib, yaqinlashib kelayotgan qish mavsumiga tayyorgarlik holati tekshirildi.
Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatda bartaraf etish bo’yicha mas’ullarga qat’iy topshiriq berildi.