Bugun tuman hokimligi binosida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Yangihayot tumani bo‘limi rahbari hamda tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Ushbu memorandum orqali tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi harbiy xizmatchilari va xodimlari orasida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan o‘zaro hamkorlik yo‘nalishlari belgilab olindi.
Shuningdek, tomonlar shaxsiy tarkib o‘rtasida kitob mutolaasini tizimli yo‘lga qo‘yish, yoshlarning harbiy ta’lim muassasalariga qiziqishini oshirish, qutqaruvchi kasbini yoshlar o‘rtasida keng ommalashtirish, “Kino karvonlari”, “Ma’rifat karvoni” kabi loyihalarni amalga oshirish, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish, turli o‘quv kurslari hamda seminar-treninglar tashkil etish bo‘yicha birgalikda ishlashga kelishib oldi.