Bugun tuman hokimi, tuman prokurori, tuman IIO FMB boshlig'i va mas’ul rahbarlar ishtirokida huquq-tartibot xodimlari uchun xizmat oldi yo‘riqnoma yig‘ilishi o‘tkazildi.
Tadbirda tumanidagi Qurbon hayiti namozi o‘qiladigan masjidlarda jamoat tartibini saqlash va harakat xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlarini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Shunga ko‘ra masjidlarga mas’ul rahbarlar, ichki ishlar, milliy gvardiya va favqulodda vaziyatlar bo‘limi, shuningdek, tegishli tashkilotlardan iborat mas’ullar biriktirildi.
Mazkur tadbirlarni tartibli va yuqori saviyada tashkil etish hamda aholining xavfsizligini ta’minlash maqsadida masjidlar atrofidagi ko‘chalarga chegaralar belgilandi.