Bugun tuman hokimi, tuman hokimi o'rinbosari va tuman mas'ullari "Yangi Gulzor" mahallasida bo'lib, bu yerda aholiga qulaylik yaratish maqsadida qurilayotgan saylgoh, ta'mirtalab yo'llarni asfaltlash ishlarni ko'zdan kechirib, rejadagi ishlar loyihasi bilan tanishdi.
Keyingi manzil "Toshkent" mahallasi bo'ldi. Bu yerda ham tuman hokimi, 4-sektor rahbari va fuqarolar o'zaro mahallada amalga oshirilishi kerak bo'lgan ishlarni muhokama qilishdi.
Xususan, yo'llarni ta'mirlash, saylgoh, amfiteatr qurish ishlari bo'yicha o'zaro fikr almashishdi. Tuman hokimi tomonidan quruvchi tashkilot rahbariga ishlarni samarali va sifatli tashkil etish bo'yicha ko'rsatma berib, loyiha yuzasidan o'z takliflarini bildirdi.
"Do'stlik" mahallasiga esa Toshkent shahar prokurori o'rinbosari tashrif buyurib, tuman hokimi va tuman prokurori bilan suxbatlashdi. Mahallada "Obod xonadon – obod ko'cha – obod mahalla” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishib, o'z fikr-mulohazalarini bildirdi.