Bugun tuman hokimi mahallalarda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlarini ko'zdan kechirdi.
Dastlab, "Yangi umid" mahallasida bo'lib, hududda qurilgan sayilgoh, bolalar maydonchasi, o'rindiqlarning hozirgi ahvoli, mahalla aholisi uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi. Shuningdek, "Nuroniylar maskani" da ham bo'lib, mahalla raisi bilan aholining fikr-mulohazalari, muammolari va takliflari xususida suhbatlashdi.
So'ng, tuman hokimi va 3-sektor rahbari "Yangi turmush" mahallasida qurilayotgan 3-sektor shtabida bo'lishdi. Mas'ullarga qurilish ishlarini jadallashtirish, ishlarni sifatli tashkil etish bo'yicha ko'rsatmalar berildi.