info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

Bugun Prezident maslahatchisining birinchi o‘rinbosari Yangihayot tumani ishlari bilan yaqindan tanishdi.

timeicon 26-04-2025

Bugun Prezident maslahatchisining birinchi o‘rinbosari Yangihayot tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik loyihalari, ijtimoiy obyektlarda olib borilayotgan qurilish va ta’mirlash ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Tashrifning dastlabki manzili "Yangi Gulzor" mahallasi bo‘ldi. U yerda tuman hokimi o‘rinbosari tomonidan 335-sonli umumta’lim maktabi uchun qo‘shimcha o‘quv binosini qurilish jarayonlari, yangi ichimlik suvi tarmog‘ini tortish va mahalla ahli uchun qulay va shinam sayilgoh tashkil etish ishlari tanishtirildi.

Obyektlarni ko‘zdan kechirish davomida mas’ullar qurilish ishlarini sifatli hamda belgilangan muddatda foydalanishga topshirish bo‘yicha quruvchilarga qator ko‘rsatmalar berib o‘tdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech